Olimlar inson nega zararli eguliklar iste’mol qilishini aniqlashdi

Olimlar inson nega zararli eguliklar iste’mol qilishini aniqlashdi
Olimlar inson nega zararli eguliklar iste’mol qilishini aniqlashdi

Zerikish – bu zararli eguliklar, jumladan, chipslar yoki fastfud tanovul qilishning eng asosiy sabablaridan biri. Bu haqida britaniyalik olimlar yuzlab ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan tajriba natijalariga asoslanib, ma’lum qilishdi.

Shunday qilib, 52 nafar ko‘ngilliga zerikishni his etuvchi sharoit yaratib berishdi. Ular shundan so‘ng, oziq-ovqat haqidagi fikrlarini bildirishdi. Zerikishni boshdan o‘tkazgan tadqiqot ishtirokchilari ko‘proq zararli mahsulotlarni tanlashgan.
Olimlar inson nega zararli eguliklar iste’mol qilishini aniqlashdi

45 nafar ko‘ngillidan tashkil topgan ikkinchi guruhga kulgili yoki zerikarli video namoyish etishdi. Tomosha vaqtida ularni foydali yoki zararli eguliklar bilan mehmon qilishdi. Bundan tashqari, taomlar rolik tomosha qilishdan avval va keyin tortildi. Zerikarli videoni tomosha qilgan kishilar ko‘proq zararli mahsulotlarni iste’mol qilishdi. Olimlarning qayd etishicha, zerikish holati miyani rag‘batlantiruvchi va qoniqish hissini chaqiruvchi dofaminning past darajasi bilan bog‘liqdir. Zararli eguliklarni iste’mol qilish – mazkur garmon darajasini oshirishga urinishdir.
Olimlar inson nega zararli eguliklar iste’mol qilishini aniqlashdi

Olimlar inson nega zararli eguliklar iste’mol qilishini aniqlashdi



Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.