Qarshida 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchi topildi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 5 dekabr kuni Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, haydovchi voqea joyidan qochib ketgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 5 dekabr kuni soat 20:00 da Qarshi shahri Nasaf ko‘chasida joylashgan supermarket ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz X.D.ni davlat raqam belgisisiz oq rangli Cobalt urib yuborgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida Cobalt avtomobili hamda haydovchisi topildi. Mazkur YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 5 dekabr kuni Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, haydovchi voqea joyidan qochib ketgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 5 dekabr kuni soat 20:00 da Qarshi shahri Nasaf ko‘chasida joylashgan supermarket ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz X.D.ni davlat raqam belgisisiz oq rangli Cobalt urib yuborgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 7, 2022
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) December 7, 2022
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida Cobalt avtomobili hamda haydovchisi topildi. Mazkur YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













