Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Foto: Telegram / Komil Allamjonov
9 dekabr kuni Oʻzbekiston prezident administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov va administratsiya shu'ba mudiri Saida Mirziyoeva AQShning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Ma'lum qilinishicha, uchrashuvda Oʻzbekistondagi islohotlar, ochiqlik va soʻz erkinligini ta'minlash, ta'lim sohasini yanada rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

«Xususan, mamlakatimizda ingliz tili oʻqituvchilari malakasini oshirish, gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV, davlat organlarining axborot xizmatlari malakasini oshirish, media savodxonlik va boshqa koʻplab sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildik», – deyiladi xabarda.
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.