O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energoresurslar taqchilligi bo‘yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Shu chora qo‘llanilgandan so‘ng uning AYOQSHlardagi narxi necha pul bo‘ladi?

- \"Ai-80 uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi ushbu turdagi benzinning AYOQSHlarda sotilayotgan chakana narxining 1000—1200 so‘mga arzonlashishiga olib kelishi kerak. Bugungi kunda Ai-80 ning narxi 5500 so‘mgacha pasayishi kutilmoqda.

Birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortgani hamda boshlang‘ich narxdan 5 foizdan ortiq bo‘lmagan holda narxi oshishi mumkinligini hisobga olgan holda, 5500 so‘mlik narx yaqin kunlarda AYOQSHlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan raqam
\", — deydi vazir o‘rinbosari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.