Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)

Toshkent viloyatining tog‘li hududlaridagi qorning qalinligi bir yarim metrni tashkil etmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)
Qayd etilishicha, \"Chotqol\" davlat biosfera qo‘riqxonasi rahbarligida qo‘riqlash va ilmiy bo‘limi xodimlari qor o‘lchagich, meteostansiya apparatlarini o‘rnatib, kuzatuv ishlarini olib borishdi.
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)
Mutaxassislarning fikricha, bugun dovondan o‘tish yo‘lida qorning qalinligi 1-1,5 metrni tashkil etmoqda. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda ko‘rsatkich yaxshi bo‘lib, bu qorlar tog‘larda suvlarning ko‘p bo‘lishiga zamin yaratadi.
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)
Ma’lumot uchun, qo‘riqxona 1947 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi ilk qo‘riqxonalardan biri hisoblanadi. U Toshkent viloyatining shimoli-sharqiy qismida, Chotqol tizmasining g‘arbiy uchida G‘arbiy Tyan-Shan doirasida joylashgan.
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qorning qalinligi bir yarim metrga yetdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.