Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan "Damas" yonib ketdi (video)

Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan "Damas" yonib ketdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda \"Damas\" yonib ketgani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Yakkabog‘ tumani FV bo‘limiga 14 dekabr kuni soat taxminan 17:14 lar atrofida bu haqda xabar kelib tushgan.

Ushbu holat tuman \"G‘ozliq\" MFY hududidan o‘tgan \"Yakkabog‘-Chiroqchi\" yo‘lidan harakatlanib kelayotgan 2009 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli \"Damas\" rusumli avtomobilning salon qismida sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 1 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmasi jalb qilinib soat taxminan 17:20 lar atrofida manzilga yetib borgan, yong‘in soat taxminan 17:22 lar atrofida o‘rab olinib, to‘liq soat taxminan 17:28 lar atrofida bartaraf etilgan.

Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan, hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida avtomobil Yakkabog‘ tumani \"Nurafshon\" MFY da yashovchi fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan S.B boshqaruvida bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.