Qozog‘istonda «uch g‘ildirakli» avtobusni payqashdi

Qozog‘istonda «uch g‘ildirakli» avtobusni payqashdi
Qozog‘istonda «uch g‘ildirakli» avtobusni payqashdi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida yashovchi kishi ko‘chalardan birida bitta g‘ildiragi yo‘q holda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusini videotasvirga oldi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Qayd etilishicha, bu hodisa «Otdelenie Kirova» tumani hududida ro‘y bergan. Video Instagram tarmog‘iga joylashtirilgan.

Unda ko‘rish mumkinki, transport vositasi oldingi qismidagi chap g‘ildiragisiz harakatlangan. Shina katta bosim tufayli yorilib ketgani taxmin qilingan.

Haydovchi esa zaxira shinasi bo‘lmagani sababli 3 g‘ildirak bilan sekin harakatlanib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.