Andijonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Damas ag‘darilib ketdi (video)

Andijonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Damas ag‘darilib ketdi (video)
Skrin: Telegram
Andijon tumanida 24 dekabr kuni Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 17:00 larda Cobalt haydovchisi qoidani buzib, ortga qayrilib olayotganda, bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan Damas haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan va mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Haydovchi A.O. va yana 4 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyga ketishga ruxsat berilgan. Mazkur YTH yuzasidan yo‘l harakati xavsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.