Namanganda o‘qituvchi va maktab direktorining farzandlari mushtlashdi (video)

Namanganda o‘qituvchi va maktab direktorining farzandlari mushtlashdi (video)
Skrin: Telegram
Namangan shahridagi 17-sonli maktabda o‘qituvchi va direktor farzandlari o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 dekabr kuni maktab o‘qituvchisi J.M. va shu maktab direktorining farzandlari (maktab o‘quvchilari emas) o‘rtasida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga hudud profilaktika inspektori yetib borib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.