Abduqodir Toshqulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Abduqodir Toshqulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Abduqodir Toshqulov yangi lavozimga tayinlandi.

Davlat rahbari matbuot kotibining xabar qilishicha, u prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Abduqodir Toshqulov 2021 yil 14 yanvardan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri sifatida ishlab kelayotgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.