Kanadalik baliqchi ulkan oq laqqa tutib oldi

Kanadalik baliqchi ulkan oq laqqa tutib oldi
Kanadalik baliqchi ulkan oq laqqa tutib oldi

Kanadaning Red-River daryosida ulkan albinos laqqa baliqni tutib olishdi. Bu haqda Blackwater Cats Outfitter xo‘jayini Donovan Pireyzga asoslanib, SVS xabar bergan deyiladi \"Kun\" nashrida.

Pireyz baliqchilar bilan ovga chiqqan, baliqchilardan biri laqqani tutishga muvaffaq bo‘lgan.

\"Laqqa baliqlar odatda suvda qorayib, ko‘zga tashlanmaydi. Bu baliqni esa tutish oson kechdi\", degan kanadalik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, laqqalar tez o‘sadi va bu oq laqqaning shu vaqtgacha yirtqichlardan omon qolgani taajjublanarlidir. Qo‘lga tushgan oq laqqaning uzunligi 86 sm.

\"Oq laqqani, ayniqsa bunday o‘lchamdagisini uchratish noyob hodisa. Milliontadan bitta holatda bu yuz berishi mumkin\", degan Pireyz.

Qonunlarga ko‘ra, Red-Riverda 60 santimetrdan uzun bo‘lgan baliqlarni ovlash taqiqlanadi va shu tufayli oq laqqa suvga qo‘yib yuborilgan.

Kanadalik baliqchi ulkan oq laqqa tutib oldi

Kanadalik baliqchi ulkan oq laqqa tutib oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.