Guliston shahrida haydovchilar yo‘l talashib mushtlashib ketishdi (video)

Guliston shahrida haydovchilar yo‘l talashib mushtlashib ketishdi (video)
Skrin: Telegram
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi chorrahada haydovchilar yo‘l talashib janjallashdi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 31 dekabr kuni O‘zbekiston shohko‘chasi va Xondamir ko‘chasi kesishmalarida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga mas’ullar yetib borib, ishtirokchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda mas’ullar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.