Azon ovozi uzilib eshitiladigan joyda namozga qayta azon aytiladimi?

CAVOL:
Menga masjid biroz uzoq bo‘lgani uchun Azon ovozi uzilib eshitiladi. Shu vaziyatda namoz o‘qishim uchun alohida azon aytishim kerakmi?
JAVOB:
Doim masjidlarida azon aytilib turadigan shahar va mahallalarda yashovchilar, uylarida azon va takbirsiz namoz o‘qishlari joiz, makruh bo‘lmaydi. Lekin shunda ham azon va takbir aytib namoz o‘qiganlari yaxshiroq.
Demak, sizni sharoitingizda ham azon va takbir aytib namoz o‘qishingiz afzal bo‘ladi, savobga erishasiz. Zero, imom Saraxsiyning «Mabsut» kitobida quyidagi mazmundagi hadis keltirilgan: «Kim ochiq yerda azon va iqomat aytib namoz o‘qisa, mag‘rib va mashriq orasidagi farishtalar u bilan qo‘shilib namoz o‘qishadi. Azon va iqomat aytmay namoz o‘qigan kishi bilan esa, faqat ikki farishta birga namoz o‘qiydi». Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Menga masjid biroz uzoq bo‘lgani uchun Azon ovozi uzilib eshitiladi. Shu vaziyatda namoz o‘qishim uchun alohida azon aytishim kerakmi?
JAVOB:
Doim masjidlarida azon aytilib turadigan shahar va mahallalarda yashovchilar, uylarida azon va takbirsiz namoz o‘qishlari joiz, makruh bo‘lmaydi. Lekin shunda ham azon va takbir aytib namoz o‘qiganlari yaxshiroq.
Demak, sizni sharoitingizda ham azon va takbir aytib namoz o‘qishingiz afzal bo‘ladi, savobga erishasiz. Zero, imom Saraxsiyning «Mabsut» kitobida quyidagi mazmundagi hadis keltirilgan: «Kim ochiq yerda azon va iqomat aytib namoz o‘qisa, mag‘rib va mashriq orasidagi farishtalar u bilan qo‘shilib namoz o‘qishadi. Azon va iqomat aytmay namoz o‘qigan kishi bilan esa, faqat ikki farishta birga namoz o‘qiydi». Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













