Surxondaryoda avtobus bilan to‘qnashgan Damas yo‘lovchisi vafot etdi

Surxondaryoda avtobus bilan to‘qnashgan Damas yo‘lovchisi vafot etdi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida uchta transport vositasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasi odam o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat 9 yanvar soat 17:20 larda M-41 Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo‘lining 1487-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisi mashinani ikkinchi darajali yo‘ldan boshqarib kelib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Damas mashinasini o‘tkazib yubormasdan, u bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv zarbidan Damas boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtobusga urilgan.

YTH oqibatida Damas avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.