Qashqadaryoda uch nafar xalq ta’limi sohasi amaldori qamoqqa olindi

Qashqadaryoda uch nafar xalq ta’limi sohasi amaldori qamoqqa olindi
Dehqonobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, ish doirasida bo‘lim mudiri, bosh hisobchi va sobiq bosh hisobchilarga jami 3 nafar mansabdor shaxsga nisbatan sudning tegishli ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergovning borishi alohida nazoratga olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.