Komil Allamjonov Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Komil Allamjonov
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Meta kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Milner hamda kompaniyaning boshqaruvchi direktori, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan uchrashdi.
Komil Allamjonov Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi.

Meta Platforms Inc. — Amerikaning transmilliy holding kompaniyasi bo‘lib, qarorgohi Kaliforniyada joylashgan. U Facebook, Instagram, WhatsApp va Oculus\'ga egalik qiladi.
Komil Allamjonov Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
«Facebook va Instagram platformalari jamoatchilik fikr bildiradigan, muammolar o‘rtaga tashlanadigan, bahs hamda fikrlar maydoniga aylandi. Ularning mavjud imkoniyatlari esa kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Samimiy va do‘stona hurmat uchun Saymon Milnerga, va ayniqsa, do‘stim Jorj Chenga katta rahmat», deb yozdi Allamjonov uchrashuv haqida.
Komil Allamjonov Meta kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.