«Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi filialining sobiq boshlig‘i qamoqqa olindi

«Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi filialining sobiq boshlig‘i qamoqqa olindi
«Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i Qarshi shahridagi faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, filialning 1 mlrd. 800 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.