Toshkentda «Captiva» avtomashinasi kutilmaganda yonib ketdi

Toshkentda «Captiva» avtomashinasi kutilmaganda yonib ketdi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizlik xizmati
1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY ko‘chasida fuqaro A.B.ga tegishli «Captiva» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.