Qarzini qalbaki dollarlar bilan uzgan «uddaburon» ushlandi

Qarzini qalbaki dollarlar bilan uzgan «uddaburon» ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.X. fuqaro N.M.dan olgan 13,4 mln so‘m qarzi evaziga notanish fuqarodan sotib olgan qalbaki 50 AQSH dollarlik kupyuralar bilan hisob-kitob qilib, jami 1 200 qalbaki AQSH dollarini berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.