Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irladi (video)

Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irladi (video)
Foto: Toshkent shahri IIBB axborot xizmati
Toshkent shahrida 2 fevral kuni 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Olmazor tumani “Qo‘shtut” mahallasidagi do‘konda soat 00:47 da sodir bo‘lgan. Yigit qutini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.