Britaniya mavsumiy migrantlar uchun kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etadi

Britaniya mavsumiy migrantlar uchun kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etadi
Foto: Dunyo
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Buyuk Britaniyaning Pro-Force rekruting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik natijasida 24 kishidan iborat o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Britaniyadagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan fermalarda mavsumiy ishlash uchun yetib keldi, deb xabar bermoqda \"Dunyo\".

Mazkur loyiha doirasida 2023 yil mobaynida O‘zbekistondan 1,5 ming nafar ishchi kuchini jalb etish ko‘zda tutilgan. 2022 yilda 2 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik ushbu mamlakatda mavsumiy ishlarga jalb etilgan.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uchun ajratilgan 40 mingdan ortiq kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etish hamda mamlakat mehnat migratsiyasi imkoniyatlaridan foydalanishdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.