Birovning xotini bilan yurgan «uchastkavoy»ga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Birovning xotini bilan yurgan «uchastkavoy»ga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Uchastkavoyni birovning xotini bilan ushlashdi» izohi bilan video tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tasvirlarda 2023 yilning 15 fevralida tungi xizmatga jalb etilgan Jizzax viloyati G‘allaorol tumani IIB 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori J.X. aks etgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.