Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati joriy etiladi

Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish xizmati joriy etiladi
«2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unda talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi bepul elektron xizmat joriy etilishi nazarda tutilgan.

Ushbu xizmat DXM va YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilib, bunda:

- yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri ishlab chiqiladi;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ustuvor ravishda joylashtiriladi;
- YAIDXP orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Loyiha bo‘yicha takliflarni ushbu manzil orqali yuborish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.