Toshkent viloyatida davlatga naq 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning firmasi aniqlandi

Toshkent viloyatida davlatga naq 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning firmasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati DXX boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.U.ga tegishli «Oybek» MFYdagi noturar bino ko‘zdan kechirilganida, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. ushbu binoda 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.