Toshkentda YTHga uchragan Malibu daraxtga “osilib” qoldi

Toshkentda YTHga uchragan Malibu daraxtga “osilib” qoldi
Toshkentda YTHga uchragan Malibu daraxtga “osilib” qoldi
Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida Malibu avtomobili vertikal holatda daraxtga “osilib” qoldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 21 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi Malibu-2 rusumli avtomashinasi YTHga uchragan. Haydovchi mashinani boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan.
Toshkentda YTHga uchragan Malibu daraxtga “osilib” qoldi
Malibu ichida bo‘lgan 17 yoshli yo‘lovchi A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
 
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.