Ona voyaga yetmagan farzandi bilan uyga kiritib qo‘yildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi N.Yaxyayeva hamda bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Shayxontohur tumani, Ibn-Sino-1 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uyning xonadoniga yashash uchun kiritib qo‘yish va uyning yordamchi xonalaridan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davrida, ona va farzandi ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga yashash uchun kiritib qo‘yildi va amalda ijro ishi yakunlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













