Ohangaronda g‘isht zavodini auksiondan arzon narxda olib berishni va’da qilganlar ushlandi

Ohangaronda g‘isht zavodini auksiondan arzon narxda olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Ohangaronda g‘isht zavodini auksiondan arzon narxda olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
 
Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.P  va S.N. Ohangaron tumanida 8 gektar yer maydonida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini fuqaro F.Sh.ga tanishlari yordamida 200 000 AQSH dollari evaziga auksion orqali arzon narxlarda yutib olib berishni va’da qilib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.