2023 yil davomida qancha yangi xonadon qurilishi ma’lum bo‘ldi

2023 yil davomida qancha yangi xonadon qurilishi ma’lum bo‘ldi

Prezident «2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani xabar qilingandi.

Farmonga ko‘ra, «Yangi O‘zbekiston» va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023-yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda.

Bunda:

  • 38 ta Yangi O‘zbekiston massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda;
  • Yangi O‘zbekiston massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda;
  • massivlarning ichki yo‘llarini qurish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi zimmasiga yuklanmoqda;
  • temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi va buning uchun «Sanoat qurilish bank» tomonidan 10 mln dollar kredit liniyasi ajratilishi belgilanmoqda;
  • Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, qurilish, adliya, iqtisodiyot va moliya idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan «Renovatsiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanmoqda;
  • hududlarda suv, oqova, elektr, gaz, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga investor-developerlarni jalb qilish, shuningdek, seysmik xavfsizlik va qurilishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha alohida qaror loyihalari ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.