Toshkentda tadbirkor ko‘p yillik daraxtni ildizi bilan qo‘porib tashladi

Toshkentda tadbirkor ko‘p yillik daraxtni ildizi bilan qo‘porib tashladi
Toshkentda tadbirkor ko‘p yillik daraxtni ildizi bilan qo‘porib tashladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldidagi ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
 
Qayd etilishicha, Mazkur holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan borib o‘rganilgan.
 
Tekshiruv natijasida Mirzo Ulug‘bek tumanidan kelib tushgan murojaatga asosan, «P.S» MCHJ tomonidan  hududdagi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishda agrotexnik qoidalarga rioya etmaganligi aniqlangan.
 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi MJTK 79-moddasida belgilangan tartibdagi jazo chorasini qo‘llash maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.