Foydalanilgan energiya resurslari uchun qarzdorliklar undirilmoqda

Foydalanilgan energiya resurslari uchun qarzdorliklar undirilmoqda
Foydalanilgan energiya resurslari uchun qarzdorliklar undirilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.
 
Xususan, gaz ta’minoti va elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga qarzdorlik undirish bilan bog‘liq ish yurituvdagi 4 ming 800 dan ortiq ijro hujjatlarining 4 mingga yaqini, ya’ni 27 mlrd. so‘m miqdoridagisi  tamomlanib, tugatilgan bo‘lsa, amalda 14,1 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirildi.
 
Amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlovga olinib, shundan 578,3 mln. so‘mlik mulklar elektron-onlayn savdolariga chiqarildi.
 
Bundan tashqari, 188 nafar qarzdorlarning 2,2 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorlik summalari ularning ish haqlariga qaratilgan bo‘lsa, 43 nafar qarzdorlarning hisob raqamlariga 4,3 mlrd. so‘mlik inkasso qo‘yilgan.
Shuningdek, 300 nafarga yaqin qarzdorlarning chet elga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
 
Misol uchun, qarzdor  B.Pulatovdan “Hududgaz Poytaxt” korxonasi filiali foydasiga 9,5 mln. so‘m qarz   undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirildi.
 
Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.