Toshkentda eri tashlab ketgan 20 yoshli ayol o‘zi va farzandini kanalga tashladi

Toshkentda eri tashlab ketgan 20 yoshli ayol o‘zi va farzandini kanalga tashladi
Toshkentda eri tashlab ketgan 20 yoshli ayol o‘zi va farzandini kanalga tashladi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida eri tashlab ketgan 20 yoshli ayol o‘zi va farzandini kanalga tashlagan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
 
Xabarga ko‘ra, holat 25 aprel kuni Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan. Shu hududda xizmat olib borayotgan ikki nafar ichki ishlar xodimi bir ayol qo‘lida bolasi bilan “Bo‘zsuv” kanaliga o‘zini tashlaganini ko‘rib qolgan.
 
Xodimlardan biri suvga sakrab, avval bolani ikkinchi xodimga olib chiqib bergan, keyin esa ayolni suvdan olib chiqqan. Shundan so‘ng ularni yaqin hududdagi shifoxonaga olib borishgan.
 
Ma’lum bo‘lishicha, 2003 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i tashlab ketgani sabab ruhiy va og‘ir ijtimoiy muammolarga duch kelib, o‘zini suvga tashlagan. Shifokorlar ayol ruhiy shok holatida bo‘lganini aytgan. Hozirda ayol va bolaning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani ta’kidlandi. 1,5 yoshli bola esa mehribonlik uyidagi chaqaloqlar bo‘limiga topshirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.