Toshkentda beton ustunga urilgan Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Toshkentda beton ustunga urilgan Nexia ikkiga bo‘linib ketdi
\"\"
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentning Yangihayot tumanida beton ustunga urilgan Nexia-2 ikkiga bo‘linib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 11-may kuni  soat 07:30 larda Toshkent aylanma yo‘lining 4P21 yo‘lida yuz bergan. 2000-yilda tug\'ilgan  A.A. Nexia-2 avtomashinasini haydab ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan.

Oqibatda avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

\"\"
Foto: Toshkent shahar IIBB
\"\"
Foto: Toshkent shahar IIBB
\"\"
Foto: Toshkent shahar IIBB

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.