“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yilini yakunlash va ‘So‘nggi qo‘ng‘iroq’ tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi. Bu haqda Ta’lim inspeksiyasi matbuot kotibi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni ertalab soat 08:00 dan 09:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish tavsiya etilmoqda. 

Shuningdek:

  • tadbirni tartibli o‘tkazish va o‘quvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilarini jalb etish;
  • tadbirni mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;
  • “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, taʼlim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik;
  • maktab hayotida faol ishtirok etayotgan o‘quvchilarning ota-onalarini maʼnaviy rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratish.

Vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirini tantanali qismini o‘tkazish bo‘yicha namunaviy ssenariyni ham ishlab chiqqan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.