Surxontov tog‘ida yangi ma’danli tuzilma borligi aniqlandi

Surxontov tog‘ida yangi ma’danli tuzilma borligi aniqlandi

Surxontov tog‘ining Vaxshivor maydonida yangi ma’danli tuzilma borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM xodimlari “Janubiy O‘zbekiston hududida 1:100 000 miqyosli kosmogeologik tadqiqotlar” nomli davlat loyihasi bo‘yicha dala tekshiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

\"\"
Foto: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati

Tadqiqot olib borish davomida Surxontov tog‘ining Vaxshivor maydonida dala deshifrovkalash ishlari olib borishi natijasida u yerda malaxitlashuvga boy yangi ma’danli tuzilma borligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan tuzilma oltin va polimetallga istiqbolli ekanligi prognoz qilinmoqda. Mazkur tuzilma davomiyligi yana qo‘shimcha ravishda o‘rganilmoqda.

\"\"
Foto: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi axborot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.