Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga uch xonali uy sovg‘a qildi

Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga uch xonali uy sovg‘a qildi
Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga uch xonali uy sovg‘a qildi
Foto: Boks federatsiyasi
Toshkentda o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov Andijon viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi. Bu haqda Boks federatsiyasi xabar qildi.
 
Qayd etilishicha, 22 iyun kuni tashkil etilgan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Hasanboy Do‘smatovga Andijon shahridan uch xonali uy sovg‘a qilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy 1—14 may kunlari o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
 
Hasanboy finalga qadar marokashlik Said Mortaji, Meksika vakili Alberto Ximenes,kubalik Erislan Romero,yaponiyalik Tomoya Suboi va ispaniyalik Martin Molinani mag‘lub etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.