Zangiotada temir to‘siq Damas ichiga kirib ketdi

Zangiotada temir to‘siq Damas ichiga kirib ketdi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida temir to‘siq Damas ichiga kirib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 24 iyun kuni soat 15:00 larda Zangiota tumani hududidan o‘tgan 4R23-A avtomobil yo‘lining 2-kilometridan kesib o‘tgan 3387 raqamli temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan Q.A. boshqaruvidagi Damas\'da o‘tayotgan vaqtida temir yo‘l kesishmasiga o‘rnatilgan shlagbaum nosozligi tufayli avtomobilga kirib ketgan.

Oqibatda Damas\'ning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 1960 yilda tug‘ilgan A.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YXXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.