Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi ishdan bo‘shatildi

Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi ishdan bo‘shatildi

Foto: Dunyo AA

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Agentlikning «Turkmenistan segodnya» davlat axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, davlat rahbari elchini «boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan» ishdan bo‘shatgan.

Eslatib o‘tamiz, Yazguli Mammedov 2018 yil iyul oyida O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom Davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan. Yazguli Mammedov 2012-2018 yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Shiri Shiriyevni almashtirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.