Zangiotada poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Zangiotada poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Kadr: Telegram

Toshkent viloyati Zangiota tumanida poyezd va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 27 iyul kuni soat taxminan 14:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan maxalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K 713 avtomobil yo‘lining 3-kilometridan kesib o‘tgan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

1987 yilda tug‘ilgan A.A boshqaruvidagi Howo yuk avtomobilida temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston Lokomativ deposiga qarashli bo‘lgan VL60k rusumli elektrovoz (vagonlar ulanmagan) bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Zangiotada poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Ushbu to‘qnashuv natijasida transport vositalari texnik shikastlangan. Fuqorolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.