San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

San’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i-2023-2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi mas’ul kotibi A.O‘. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.