Deputatlar «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini qabul qildi

Deputatlar «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini qabul qildi

Qonunchilik palatasida «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Ushbu qonunda pedagog tushunchasi, pedagogning maqomi, uning huquq va majburiyatlari hamda pedagog faoliyatining asosiy kafolatlari belgilangan.

Qonun loyihasi bilan:

  • pedagogning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida muayyan mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi;
  • ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktirilishi;
  • biriktirilgan mazkur pedagogga qo‘shimcha haq to‘lanishi kabi kafolatlar mustahkamlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.