Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti
Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Samarqand shahar Amir Temur Madaniyat va aholi dam olish markazi (MADOM) badiiy havaskorlik jamoalar yozgi maktablar koshida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish oromgohlarida turli tadbirlar tashkil etib kelmokdalar.

Ana shunday tadbirlargan biri «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!» deb nomlangan jonajon Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi oldidan Samarqand shahar 24-son umumta’lim maktabi koshida tashkil etilgan «Yoshlik» oromgohida bo‘lib o‘tdi.

– “Tadbirdan asosiy maqsad, yoshlarimiz dunyo qarashida mustaqillik bergan oliy ne’matni anglatish, yurtimizdagi tinchlikni qadriga etish, yoshlar Vatanimizni ertasi ekanligini takidlash, ularning oldida ma’suliyatli vazifa yaxshi ukish, namunali odobli, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lish kabilarni yodlariga solib qo‘yishdan iborat edi” – dedi tadbir tashkilotchilaridan biri, xonanda Sherzod Tursunov.

– “Biz tadbirni tashkil etishni rejalashtirish vaqtida bir narsaga asosiy etiborimizni qaratdik”
– dedi rejissyor-mutaxassis Saloxiddin Oripov.

Kechada qatnashayotgan bolalar tomoshabir bo‘lmasdan, ularning o‘zi ham eshtirokchiga, faol kanashchiga aynanishlari kerak edi. O‘ylaymizki shunday bo‘ldi.

Tadbirda ajoyib qo‘shiqlar, raqslar, topishmoqlar, savol-javoblar oromgohda dam oluvchilarni befarq qoldirmadi.
Kechada MADOM koshidagi internasional do‘stlik klubi rahbari Anatoliy Ionesov bolalarga kog‘ozdan turnachalarni yasash sirlarini ularni ko‘z o‘ngida yasab ko‘rsatdi va yasalgan turnachani estalik uchun oromgoh ma’muriyatiga sovg‘a qildi.

Tadbir so‘ngida qatnashchilariga kog‘ozdan yasalgan tinchlik ramzi bo‘lgan turnachalar tarqatilganda bolajonlar o‘zlarini hayajonlarini yashira olmadilar.
Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Samarkandagi «Yoshlik» oromgohida bayram konserti

Ochil Jumanazarov, Samarqand shahar Amir Temur madaniyat
va aholi dam olish markazi direktori
A. Ivanov olgan suratlar
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.