Saida Mirziyoyeva: “O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning armoni va orzusi edi”

Saida Mirziyoyeva: “O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning armoni va orzusi edi”
\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanaliga o‘tgan 7 yil davomida maktablarda amalga oshirilgan ishlar haqida yozdi.

“Hammamizga maʼlumki, taʼlim sohasida qiladigan ishlar ham, yillar davomida yechimini kutib charchagan muammolar ham, oddiy ichimlik suvidan tortib, isitish moslamalari-yu, sanitar sharoitlari yo‘q maktablar qancha. Afsuski, maktablar qurilishi yangi tug‘ilayotgan bolalarga yetib ulgurmayapti. Hozirda 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj bor.

O‘tgan 7 yilda 5 140 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ko‘tarildi. Millatimiz paxta qulligidan ozod etildi. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti. Hozirda 5–11 sinflar uchun darsliklar yaratish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi. Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga ham ularni yetkazishadi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
\"\"
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva: “O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning armoni va orzusi edi”

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva: “O‘qituvchilarni maktabga qaytarish prezidentimizning armoni va orzusi edi”

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Oldinroq Saida Mirziyoyeva Termizning Angor tumanidagi 9-maktabni ko‘zdan kechirib, chekka hududlardagi ayrim maktablar ahvoli nihoyatda ayanchli ekaniga guvoh bo‘lganini yozgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.