Islom Karimov Fransiya prezidentiga hamdardlik bildirdi


Kecha, 14 iyul kuni Fransiyaning Nissa shahrida bo‘lgan mudhish terakt oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi, ularning 12 nafarini bolalar tashkil etdi. Bundan tashqari, 100dan ortiq odam jarohatlandi.
Bu voqea o‘tgan yilning noyabridagi Parij teraktidan so‘ng mamlakatdagi eng mudhish falokatlardan biri bo‘ldi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiya Respubikasi Prezidenti Fransua Ollandga Nissa shahridagi terakt yuzasidan samimiy hamdardlik izhor etdi.
O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi fojiaviy xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganligini qayd etdi, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik so‘zlarini etkazishni so‘radi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













