Saida Mirziyoyeva Rossiya elchisini qabul qildi

Saida Mirziyoyeva Rossiya elchisini qabul qildi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Bugun, 13 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rasmiylari Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi.

Elchini prezidentning yordamchisi Saida Mirziyova, Administratsiyaning Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov va Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov qabul qilgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash va yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashgan edi.

Uchrashuvdan suratlar

\"\"

\"\"

\"\"

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.