Litva O‘zbekiston fuqarolarini qurilish ishlariga jalb qilmoqchi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Litva davlati ish beruvchi va rekruting tashkiloti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ushbu davlatga qurilish va boshqa sohalarga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Litva davlati ish beruvchi va rekruting tashkiloti o‘rtasida hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













