Shahrisabzdagi qishloqlarining biriga 2 ta ayiq tushib kelgan

Shahrisabzdagi qishloqlarining biriga 2 ta ayiq tushib kelgan

Shahrisabz tumanidagi Soybo‘yi qishlog‘iga bugun, 30 sentyabr kuni tongga yaqin 2 bosh qo‘ng‘ir ayiq kelib qolgan.

Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, zudlik bilan tuman Ichki ishlar, Ekologiya, Favqullodda vaziyatlar, Milliy gvardiya bo‘limlari hamda Hisor qo‘riqxonasi xodimlari voqea joyiga yetib borgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘z vaqtida aholi xavfsizligi ta’minlangan. Ayiqlar qishloq aholisi yoki ularning mulklariga zarar yetkazmagan.

Mutaxassislar tomonidan maxsus yo‘llar bilan ushlangan ayiqlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.