Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tmoqda

Foto: Telegram / cyberparkuz

Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo, CSS 2023» I xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tyapti.

Tadbir «Kiberxavfsizlik markazi», Cyberpark Dialogue Events kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xalqaro sammitda 24 mamlakatdan 130 ta kompaniya, 250 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.

Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, Ummon, Ozarboyjon, Turkiya, Gurjiston, Yaponiya, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning tartibga soluvchi organlari va xalqaro tashkilotlar - Xalqaro elektr-aloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT qatnashyapti.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.