Namangan viloyati bosh imomi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi

Namangan viloyati bosh imomi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi

7 oktyabr kuni Namangan viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Namangan viloyati bosh imomi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi

Maʼlum qilinishicha, Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan hamda unga “Faxriy imom” maqomi berildi.

Namangan viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga Namangan shahar bosh imomi va “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlayotgan Musoxon qori Abbosiddinov tayinlandi.

Namangan viloyati bosh imomi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi

Musulmonlar idorasiga ko‘ra, Musoxon qori Abbosiddinov Namangan shahridagi “Hidoya” madrasasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tahsil olgan. Qurʼoni karimni to‘la yod olib, Hofizi Qurʼon darajasiga yetgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bir muddat faoliyat yuritgan. 2010 yildan buyon Namangan shahar bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.

Namangan viloyati bosh imomi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.