O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilyapti

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilyapti

Joriy yilning 12-14 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 12-13 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13 oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

13-14 oktyabrda havo harorati kunduz kunlari +10...+15 darajagacha, kechalari +2...+5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda -1...-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.