Qiymati 6 mlrd so‘mga yaqin uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Qiymati 6 mlrd so‘mga yaqin uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Qiymati 6 mlrd so‘mga yaqin uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi Namangan viloyatiga kirish maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.

\"\"
Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Avtotransport vositasining saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki qiymati 5 mlrd 788,9 mln so‘mlik jami 24 turdagi 550 ga yaqin uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.

\"\"
Foto: Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.